Rossiyaga qarshi sanksiyalardan zarar ko’rgan hamkor davlatlar kompensatsiya oladi – Blinken

AQSh Rossiyaga bog’liq davlatlarga sanksiyalar tufayli ko’rgan zararlarini qoplab beradi

Amerika Qo‘shma Shtatlari Rossiyaning hamkor mamlakatlariga sanksiyalar tufayli ko‘rgan yo‘qotishlarini qoplab beradi. Bu haqda Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar rahbarlari bilan «C5+1» formatida kechgan vazirlar uchrashuvidan keyin AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ma’lum qildi.

U mintaqadagi barcha davlatlar u yoki bu tarzda Rossiya bilan savdo aloqalariga bog‘liq bo‘lganligi sababli, Rossiya Federatsiyasiga kiritilgan sanksiyalar ularning iqtisodiyotiga ham zarba bergani qayd etilgan.

«Biz sanksiyalarga rioya etilishini diqqat bilan kuzatib boramiz va bir qator davlatlar, jumladan, C5 bo‘yicha hamkorlarimizga nisbatan bo‘layotgan iqtisodiy salbiy ta’sirlarini muhokama qilamiz», dedi Blinken matbuot anjumanida.

Vashington kompaniyalarga sanksiyaga uchragan Rossiya firmalari bilan munosabatlarni to‘xtatishga vaqt berish uchun litsenziyalar beryapti.

«Biz tushunamizki, bu ko‘p vaqt talab qiladigan jarayon, uni darhol amalga oshirib bo‘lmaydi. Biz mintaqani mustahkamlash va Markaziy Osiyoda yashovchi xalqlar hayotini yaxshilash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Jumladan, yangi savdo yo‘llari yordamida va korxonalarga yangi eksport bozorlarini topishda yordam berish orqali», dedi Blinken.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *