O’zbekiston xorijga qiymati million dollardan yuqori sport oyoq kiyimlari eksport qildi

O’zbekistonda ishlab chiqarilgan sport oyoq kiyimlari eksporti hajmi million dollardan oshdi

Joriy yilning yanvar oyida O‘zbekiston xorijga 1,1 million dollarlik 502,4 ming juft sport oyoq kiyimlarini yetkazib berdi. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan 7,8 foizga ko‘pdir, deb xabar bermoqda O‘zbekiston Respublikasi Statistika agentligi.

Eksportning asosiy qismi Qirg‘iziston respublikasi hissasiga to‘g‘ri keladi. Qirg’iziston respublikasiga jami bo’lib 192 ming juft krossovka eksport qilingan.

Sport poyabzallari sotib olish miqdori bo’yicha yetakchi uchlikdan Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari Tojikiston (168 ming juft) va Qozogʻiston (102 ming juft) joy olgan.

Ma’lumot o’rnida, oʻtgan yili Oʻzbekiston xorijga 44,6 million dollarlik (+18,7 foiz) 28,3 million juft poyabzal sotgan. Eksportning eng katta hajmi ham Qirg‘iziston (11,9 million), Qozog‘iston (7,8 million) hamda Tojikiston (6,9 million) respublikalariga to‘g‘ri kelgan edi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi soʻnggi paytlarda charm-poyabzal sanoatiga yoʻnaltirilgan investitsiyalar hajmi 652 million dollardan oshganligi haqida xabar bergan edi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan