So’nggi chaqang qolsa ham osh sotib ol!

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O‘zbekistonda bir porsiya palovning eng yuqori narxi fevral oyida 27 167 so‘mni tashkil qildi. Ayni paytda Toshkentda hududlar bo‘yicha eng qimmat palov tayyorlanmoqda.
Osh narxi baland bo’lgan hududlar sirasiga Samarqand viloyatini ham kiritishimiz mumkin. Viloyatdagi osh narxi o’rtacha 24 ming so‘mga yetgan. Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida qariyb 23 ming so‘m sarflab “oshxo’rlik” qilishingiz mumkin.
Eng arzon palov yeyish uchun Farg‘ona viloyatiga tashrif buyurishingizga to’g’ri kelarkan. U yerda oshning narxi 19 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Mamlakatimiz bo’ylab vaqt va joyga qarab oshning narxi o’zgarib turishi kuzatilgan.
Statistika agentligining o‘tgan oylardagi maʼlumotlari taqqoslaтganda, mamlakatimizda palov narxi oshib bormoqda.
Rasmiy statistikaga tayanadigan bo’lsak, 2022-yil fevraldan 2023-yilning ayni shu davrigacha bo’lgan oralig’da O‘zbekistonda osh narxlari 5 foizdan 35,6 foizgacha qimmatlagan. Narxlarning keskin ko’tarilishi Sirdaryo viloyatida kuzatilgan bo‘lsa (35,6 foiz), Toshkent shahri (9,8 foiz), Toshkent viloyati (5,7foiz) va Buxoroda (5,0 foiz) nisbatan pastroq bir xonali o‘sish qayd etilgan.
Osh narxlarining hududlar qirqimidagi turlicha o‘zgarishini tushuntirish qiyinroq. Aslida hududlar kesimida oziq-ovqat inflyatsiyasining farqlanishi unchalik katta emas.
Xususan, poytaxtda yil davomida osh narxi 9,8 foizga oshgan bo‘lsa, ushbu miqdorning 4,5 foizlik qimmatlashuvi oxirgi oylarda kuzatilgan.
Qo’shni viloyatlar hisoblangan Andijon va Farg‘ona viloyatlarida oshning bahosi o’rtacha 15 foizgacha farqlanadi.
10 минг сум наманган шахрида камида 10-15 та жой бор