O’zbekistonning oltin zahiralari qariyb 12 tonnaga kamaydi – WGS

Davlatlar zahiralarini ko’paytirayotgan bir paytda O’zbekiston qariyb 12 tonna oltin sotdi – WGS

Ko’plab davlatlar oltin zaxiralari hajmini oshira boshlagan bir paytda, O’zbekiston qariyb 12 tonna qimmatbaho metall sotdi. Bu noyabr oyidagi eksport miqdoridan olti baravarga ko‘p hamda 2022-yilning birinchi choragi bilan taqqoslanganda umumiy oltin savdosining deyarli yarmini tashkil etadi. Bu haqda World Gold Council (WGC) – Jahon oltin kengashi o’z manbalariga tayanib xabar bermoqda.

Jahon markaziy banklari 2023-yil yanvar oyida oltin-valyuta zaxiralari uchun 30,8 tonna oltin sotib olgan. Eng yirik xaridor Turkiya bo‘lib, ushbu davlat o’z zaxiralarini 23,3 tonnaga oshirgan. Ushbu davrda Xitoy 14,9 tonna, qo’shni Qozog‘iston esa 3,9 tonna oltin sotib olgan. Yevropa Markaziy banki oltin zaxiralari 1,9 tonnaga oshgani haqida xabar berdi, biroq bu Xorvatiyaning yevrohududga rasman a’zo bo‘lgani bilan bog‘liq holat.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, oltin yanvar oyida Oʻzbekistonning umumiy eksport daromadining yarmidan ko’prog’ini tashkil qilgan. Qimmatbaho metall savdosi hajmi 1,18 milliard AQSh dollariga yetdi va o’tgan yilning shu oyiga nisbatan jami eksport ko’lamining 45 foizga o’sishiga sababchi bo’ldi.

WGS tahliliga ko’ra, yanvar oyida dunyo markaziy banklari orasida oltinning asosiy sotuvchisi O‘zbekiston Markaziy banki bo‘ldi. U o‘z zaxiralarini qariyb 12 tonnagacha qisqartirdi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan