Arqadag’ning vorisi 8-mart munosabati bilan xotin-qizlarga 17 AQSh dollaridan berishga qaror qildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Arqadag’ning vorisi nomidan xotin-qizlarga 17 AQSh dollari miqdoridagi pullar tantanali ravishda topshirilmoqda
Turkmanistonda 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan qiz va ayollarga prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan pul sovg‘alari topshirilmoqda. Bu haqda “Turkmaniston: Oltin asr” nashri xabar berdi.
Bog‘cha tarbiyalanuvchilari birinchilardan bo‘lib prezidentning pul sovg‘alarini olishdi. Serdar Berdimuhamedov farmoniga ko‘ra, pul sovg‘alari 1-martdan 6-martgacha tantanali ravishda topshiriladi. Mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlovchi, pensiya va davlat nafaqalari oluvchi, aspirantura, doktorantura va klinik ordinaturada ishdan tashqari tahsil olayotgan ayollar va qizlarga 60 manat miqdorida (17 dollar) sovg‘alar beriladi.
Talabalar, o‘quvchi qizlar va maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilar ham sovg‘a olishadi.
Avvalroq Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 9-may kuni faxriylar, harbiy xizmatchilar oilasiga qimmatbaho sovg‘alar va 200 manatdan (qora bozor kursida 10 dollar) berishni topshirgandi. 2021-yilda ham faxriylar shuncha miqdorda mukofotlangan.
Ma’lumot o’rnida, ayni paytda 1 turkman manati 3257,41 so’mga to’g’ri keladi.