O’zbekiston shokolad eksportini ikki barobarga oshirdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O‘zbekiston 1,6 million AQSh dollariga teng 956 tonna shokolad va kakao mahsulotlarini eksport qildi
Joriy yilning yanvar oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston 1,6 million AQSh dollariga teng 956 tonna shokolad va kakao mahsulotlarini eksport qildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,9 baravar (+496 tonna)ga ko‘p degani.
Asosiy xaridorlar Qozog‘iston (313 tonna), Tojikiston (186 tonna), Rossiya (147 tonna), Mo‘g‘uliston (120 tonna), Ozarbayjon (72 tonna) va Qirg‘iziston (53 tonna) davlatlari bo‘ldi.
O’tgan yili Oʻzbekiston Rossiya shokoladini import qiluvchi yetakchi beshlikka kirgan edi. Bu davrda Rossiya shokoladining asosiy mijozlari Qozog‘iston — 176,1 million dollar, Xitoy — 114,8 million, Belarus — 86,7 million hamda O‘zbekiston Respublikasi — 83 million AQSh dollariga teng xaridni amalga oshirgan.