O’zbekistonda yangi MCosmetic’ do’konlari ochiladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
2023-yilda “Magnit” riteyleri Oʻzbekistonda oʻnlab MCosmetic’ do’konlarini ochmoqchi
“Magnit” riteyleri joriy yilda O’zbekistonda bir necha o’nlab yangi MCosmetic’ do’konlarini ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar beryapti.
“Biz O’zbekistonda MCosmetic’ni rivojlantirishni davom ettiramiz. Mamlakatda ushbu formatni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar mavjud va 2023-yilda O’zbekistonda bir necha o’nlab yangi do’konlarimizni ochamiz”, – dedi kompaniya vakili.
O’zbekiston “Magnit” kompaniyasi o’z vakolatxonasini ochgan birinchi xorijiy davlat bo’ldi – o’tgan yilning aprel oyida respublika poytaxtida “Magnit Cosmetics” kosmetika va maishiy kimyo mahsulotlari do’koni ochildi.
“Magnit” – Rossiya chakana savdo doʻkonlari tarmog’i bo’lib, daromad bo’yicha Rossiyada uchinchi o’rinda turadi. Tarmoqqa 1995-yilda Krasnodarda kompaniya faoliyatining dastlabki yillarida kompaniyaga egalik qilgan va uni boshqargan Sergey Galitskiy tomonidan asos solingan, 2021-yildan beri eng yirik aktsiyador Alexandra Marathon Group investitsiya kompaniyasi hisoblanadi.