Veb-saytlarning bloklanishi O’zbekistonga 220 mln AQSh dollariga tushdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O’zbekiston veb-saytlarning bloklanishi tufayli 220 mln AQSh dollari yo’qotgan
O‘zbekiston internet-resurslarning bloklanishi tufayli 220 mln AQSh dollari yo‘qotdi. Ushbu yo’qotish butun dunyodagi beshinchi eng katta natija bo‘ldi, deya xabar bermoqda Statista’.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasida saytlarga kirishning cheklanishi o‘tgan yilda 1,3 mln dan ortiq foydalanuvchilarga ta’sir qilgan.
Top 10 VPN texnologiya kompaniyasi ma’lumotiga ko’ra, 2022-yildagi eng qimmat internet blokirovkasi Rossiya hissasiga to’g’ri keladi. Ushbu xizmat fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishdan yil oxirigacha bo‘lgan davrdagi cheklovga bog’liq iqtisodiy xarajatlarini 21,6 mlrd dollarga baholamoqda.
Internetni uzish sababli yo’qotishlar bo’yicha ikkinchi o’rindagi Eronda o’tgan yili uzoq davom etgan hukumatga qarshi namoyishlar keng tus oldi va hokimiyatdagilar internetni qayta-qayta o’chirib qo’yishga majbur bo’lishdi. Deyarli 72 mln kishiga ta’sir qilgan blokirovka taxminan 773 mln dollarlik iqtisodiy zarar keltirdi.
Qozog‘istondagi yoqilg’i narxlari bilan bog’liq norozilik namoyishlari ortidan internet cheklanishi tufayli 400 mln dollardan ortiq zarar ko’rildi.
Ma’lumot o’rnida, O‘zbekistonda internetdan foydalanuvchilar soni 31 mln kishidan oshgan. Ularning 29,5 millioni mobil trafikdan foydalanishadi.