Turkmaniston dunyodagi eng arzon benzin reytingida birinchi o’nlikdan joy oldi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Среда, Июн 7, 2023
Turkmaniston sotuvdagi eng arzon benzin narxlari bo’yicha dunyo reytingida 8-o‘rinni egalladi
GlobalPetrolPrices ma’lumotlariga ko‘ra, fevral oyida qo‘shni Turkmaniston sotuvdagi eng arzon benzin narxlari bo’yicha 8-o‘rinni (0,428 dollar) egalladi.
Dunyodagi eng arzon benzin Venesuelada (0,016 dollar), eng qimmati esa Gonkongda (2,942 dollar) sotiladi. Dunyo bo‘ylab benzinning o‘rtacha narxi litri uchun 1,30 dollarni tashkil qiladi.
Odatda boy mamlakatlarda narxlar yuqori bo‘lsa, qashshoq mamlakatlar va neft ishlab chiqaradigan hamda eksport qiluvchi mamlakatlarda narxlar sezilarli darajada past bo‘lishi kerak. Shunga qaramay, dunyoning eng katta iqtisodiyotiga ega mamlakatlaridan biri AQShda ham benzinning nisbatan arzonligi e’tiborga molik.
Avtobenzinning arzonligi boʻyicha jahon reytingida Oʻzbekiston 34-oʻrinni egalladi. Shubhasiz, Markaziy Osiyodagi eng qimmat benzin ham mamlakatimizda sotiladi.