“Gazprom” Markaziy Osiyo tranziti orqali Xitoyga gaz yetkazib bermoqchi

“Gazprom” O‘zbekiston orqali Xitoyga 10 milliard kub metrgacha gaz eksport qilishi mumkin

“Gazprom” Markaziy Osiyo tranziti orqali Xitoyga potentsial gaz yetkazib berish hajmini yiliga 20 milliard kub metrgacha oshirishi mumkin, deb yozmoqda “TASS ” nashri.

2023-yil oxirigacha “Gazprom” O‘zbekiston va Qozog‘istonga 10 milliard kub metrgacha gaz yetkazib berish bo‘yicha kelishib olishi kutilmoqda. Shundan 4-6 milliard kub metri Xitoy uchun tranzit gaz bo‘ladi. Markaziy Osiyo gaz quvuri infratuzilmasini yangilash orqali yiliga 20-25 milliard kub metr gaz yetkazib berish uchun yana bir yil kutishga to’g’ri keladi.

Bundan tashqari, “Gazprom” O‘zbekiston orqali Xitoyga 10 milliard kub metrgacha gaz eksport qilishi mumkin. Bu yo‘nalishning afzalligi shundaki, O‘zbekiston gaz transporti tizimi Markaziy Osiyo – Xitoy gaz quvuriga ulangan. Bundan tashqari, gaz yetkazib berish bo‘yicha eksport shartnomalari tuzilib, infratuzilma barpo etilgan.

Rossiya davlat korporatsiyasining gaz eksporti bo‘yicha rejalarini amalga oshirishdagi asosiy to‘siq 1960-yillarda qurilgan “Markaziy Osiyo – Markaz” gaz quvurining hozirgi holati bo‘lib, bu infratuzilmani modernizatsiya qilish uchun qo‘shimcha sarmoyalarni talab qilishi mumkin.

Ba’zi tahlilchilarning fikricha, Qozog‘iston o‘zining gaz uzatish imkoniyatidan foydalanish evaziga Rossiyadan import qilinayotgan gaz uchun narxlarni pasaytirishni talab qilishi mumkin.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *