Poytaxtda Yandex Eats’ yetkazib berish xizmati ishga tushirildi

 Yandex Eats’ ilovasi yoki Yandex Go’ sayti orqali yetkazib berish xizmati ishga tushirildi

Foydalanuvchilar “Yandex Eats” ilovasi yoki “Yandex Go” saytining Eats’ boʻlimi orqali buyurtma berishlari mumkin. Qayd etilishicha, xizmat O‘zbekistondan tashqari besh mamlakat — Rossiya, Qozogʻiston, Belarus va Armanistonda taqdim etilgan.

Hozirda “Yandex Eats” xizmatiga “FeedUp”, “Bon!”, “Oqtepa Lavash”, “Yaponamama’ va shahar boʻyicha 250 dan ortiq boshqa restoranlar qoʻshilgan.

Shu bilan birga, foydalanuvchilar tovarlarni, oziq-ovqat va ichimliklar, gullarni doʻkon katalogidan tanlashlari mumkin.

Ayni paytda xizmatda mavjud doʻkonlar orasida “The Loaf”, “EcoVkuz”, “GOODVEEN Flowers House”, “Yellow”, “Red Dragon”, “Hobby Games” va boshqalar mavjud.

Hamkorlar roʻyxati kengayishi bilan birga buyurtma uchun mavjud boʻlgan taomlar va tovarlarning xilma-xilligi ham oshishi qayd etilgan.

Buyurtmani roʻyxatdan oʻtkazish paytidan boshlab belgilangan manzilga yetkazib berishgacha oʻrtacha kutish vaqti 30 daqiqani tashkil qiladi.

Platforma buyurtmalarni taqsimlaydi va liniyadagi mavjud kuryerlar sonini hisobga olgan holda optimal marshrutlarni tuzadi.

Ta’kidlanishicha, ilovada barcha bosqichlarni kuzatish mumkin. Ya’ni, ilova buyurtma qaysi bosqichda va kuryer qayerda ekanligi haqida ogohlantiradi.

One Reply to “Poytaxtda Yandex Eats’ yetkazib berish xizmati ishga tushirildi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *