Dunyodagi eng katta oltin zaxirasi qaysi davlatga tegishli?

Oltin narxlaridagi yangilanishlar yoxud O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng katta oltin zaxirasiga ega davlat

Markaziy bank ma’lumotlariga ko’ra, 2023-yil fevral oyida O’zbekistonning umumiy xalqaro zaxira aktivlari 174,4 mln dollarga ko’payib, 35,7 milliard dollarga yetgan.

Bu o’sishda oltinni qimmatlashuvi asosiy rol o’ynagan. Fevral oyida oltinimiz 23,5 mlrd dollarga oshgan, bu uning qiymati 491 mln dollarga ko’paydi degani.

World Gold Council (WGC) hisobotida esa, O‘zbekiston Markaziy Osiyodagi eng ko‘p oltin zaxirasiga ega davlat deb topilgan.

2022-yil noyabr holatiga ko’ra, O‘zbekistonning oltin zaxirasi 397,2 tonnaga teng. Qozog‘iston biroz kamroq – 380,4 tonna zahiraga ega. Keyingi o‘rinlarni Qirg‘iziston (16,4 tonna) va Tojikiston (5,7 tonna) respublikalari egallab turibdi. Turkmaniston esa oltin zaxiralari to’g’risidagi ma’lumotlarni oshkor qilmagan.

Dunyo bo‘yicha eng ko‘p oltin zaxirasiga ega davlat AQSh bo‘lib, uning miqdori 8133,5 tonnaga teng. Bu O‘zbekiston zaxirasidan 20 barobar ko‘p. Yetakchi uchlikdan Germaniya (3355,1 tonna) va Xalqaro valyuta jamg’armasi (2814 tonna) o’z zaxirasidagi oltin miqdoriga qarab munosib joy egallagan.

Eng katta neft eksportchilaridan biri sanaladigan Rossiya esa Fransiya(2436,8 tonna)dan keyingi 6-o’rinda 2298,5 tonna miqdoridagi oltin zaxirasi hisobiga qayd etilgan.

2020-yilda oltinning kotirovka tarixidagi eng yuqori narxi belgilangan bo’lib, qimmatbaho metall jahon bozorida 1 troya untsiya uchun 2078 dollargacha chiqqan.

2023-yilda oltinning dunyo miqyosidagi narxi bir troya untsiya uchun minimal 1835 dollar, maksimal 1949 dollargacha yetdi. 2022-yilda esa uning narxi minimal 1628 dollar, maksimal 2070 dollargacha ko’tarilgan.

Ma’lumot o’rnida, dunyo mamlakatlarining oltin zaxirasi vaqt o‘tishi bilan ko‘payib yoki kamayib turadi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *