O’zbekiston 8-mart uchun rossiyaliklarga eng arzon mehmonxona xizmatlarini taklif qilyapti

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
O’zbekiston rossiyaliklarning 8-mart sayohati uchun eng arzon mehmonxona xizmatiga ega davlatlardan biri bo’ldi
Ostrovok.ru onlayn mehmonxona bron qilish xizmati tadqiqoti natijalariga ko’ra, xalqaro xotin-qizlar kunida rossiyaliklar tomonidan mehmonxona band qilishlarning 81 foizi ichki yo’nalishlarga to’g’ri kelmoqda.
Ekspertlarning fikricha, 4-martdan 12-martgacha boʻlgan davrda Rossiya mehmonxonalarini bron qilishning oʻrtacha narxi oʻtgan yilgi 16,3 ming rublga nisbatan 12 foizga tushib, uch kecha uchun 14,4 ming rublni tashkil qilgan.
Jumladan, Oʻzbekiston ham rossiyaliklarning e’tiboriga sazovor xorijiy yoʻnalishlar sakkizligidan joy olgan.
Eng arzon mehmonxona xizmatiga ega davlatlar ro’yxatidan Belorussiya – 4 ming rubl (taxminan 55 dollar) hamda O‘zbekiston 4,7 ming rubl (62,6 dollar) miqdoridagi narxi bilan yetakchilik qilyapti.
Odatda chet eldagi mehmonxonalarda o’rtacha bron cheki besh kecha uchun 42,3 ming rublni tashkil qiladi. O’rtacha tungi band qilish narxi esa 7,6 ming rublni tashkil qiladi.
Turistlar Birlashgan Arab Amirliklaridagi mehmonxonalarida eng qimmat 15,7 ming rubllik kechgi bronni amalga oshirmoqdalar.
Fransiyada esa mehmonxonani band etish uchun 14,1 ming rubl to’lashlariga to’g’ri kelyapti.
Rossiyalik sayohatchilar ko’p hollarda Ispaniya va Italiyada taxminan 10 ming rubl to’lanadigan turar joyni tanlashyapti.