O’zbekistonda nemis kompaniyalari shinalarni qayta ishlaydigan qo’shma korxona tashkil etmoqchi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Germaniya kompaniyalari O‘zbekistonda avtomobil shinalarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxona ochyapti
Germaniyaning shinalar va avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqaruvchilari Rossiyani tark etayotgan bir paytda, nemis kompaniyalari O‘zbekistonda avtomobil shinalarini qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma korxonalar tashkil etishga qiziqmoqda.
Bu orqali shinalarni yig‘ish va utilizatsiya qilish tizimini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirilishi mumkin. Shu bilan birga, mamlakatimizning ekologik holatini yaxshilashga ham hissa qo’shilishi ta’kidlanyapti.
Bu haqdagi ma’lumot O‘zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulligi diplomatlari bilan “Matteco GmbH” va “Selfus” kompaniyalari rahbarlari o‘rtasidagi uchrashuvda aytildi.
Xususan, “Selfus” kompaniyasi rahbari Alek Luri qayta ishlangan shinalardan quyosh panellari, pol qoplamalari, tomchilatib sug‘orish shlanglari ostiga o‘rnatish va tuproq eroziyasidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan tizimlarning bir qismi sifatida “geogridlar” ishlab chiqarish uchun ishlatilishi mumkinligini qayd etdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, shinalarni yig‘ish va utilizatsiya qilish, mahsulotlarni qayta ishlash bo‘yicha to‘liq siklga ega bu turdagi qo‘shma korxonaning tashkil etilishi O‘zbekistonning ekologik holatini yaxshilashga imkon beradi.
Muzokaralar natijasida tomonlar ushbu loyihani O‘zbekistonda amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishishdi.