AQSh Moliya vazirligi raqamli dollar ishlab chiqmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
AQShning yangi raqamli dollari nima va u butun dunyoga qanday ta’sir qiladi?
Qo’shma Shtatlar raqamli dollarni muomalaga kiritmoqchi. Ayni paytda, AQSh Moliya vazirligi markaziy bankning raqamli valyutasini yaratishga yordam beradigan texnologiya ustida ishlamoqda.
AQSH Federal zaxira tizimi (FZT) agar Kongress ruxsat beradigan boʻlsa, oddiy dollar bilan bir qatorda raqamli dollarni chiqarish imkoniyatini koʻrib chiqadi.
Raqamli dollar AQShning barcha banknotlari va tangalari kabi Fed’ tomonidan chiqariladi, lekin raqamli-elektron shaklda.
Bank hisobiga qo’yilgan yoki Apple Pay kabi ilovalar orqali xarjlanadigan puldan farqli o’laroq, raqamli dollarlar bankda emas, Federal rezerv hisoblarida ro’yxatdan o’tkaziladi. Shu bilan birga, “yangicha” dollar qog’ozdagi “hamkasbi” bilan bir xil qiymatga ega bo’ladi. Bu esa raqamli dollarni aql bovar qilmaydigan o’zgaruvchanlikka ega bo’lgan kriptovalyutalardan ajratib turadi.
Raqamli dollar bitcoin’ kabi “blokcheyn” texnologiyasiga asoslanadimi yoki u qandaydir to‘lov tizimiga bog‘lanadimi, degan savollar hozirgacha javobsiz qolmoqda.
Raqamli dollarning ishga tushirilishi tranzaksiya to‘lovlarini kamaytiradi, hatto batamom bekor qilishi ham mumkin. Chunki, to‘lovlar endi banklar, bank kartalari yoki har bir o‘tkazma uchun haq olinadigan ilovalar orqali amalga oshirilmaydi.
Raqamli dollar tarafdorlarining aytishicha, yangi valyutaning joriy etilishi bank hisob raqamiga ega bo’lmagan odamlarga yordam beradi va ular juda ko’p mamlakatlar uchun to’lov imtiyozlarini beradi.
Hukumat nazariy jihatdan barcha tranzaktsiyalarga kirish imkoni mavjudligi uchun tizimning ishdan chiqishi yoki kiberhujum, shuningdek, maxfiylik muammolari mavjudligini tan olyapti. Banklar hozirda boshqalarga qarz berish uchun mijozlarning depozitlaridan foydalanadilar va raqamli dollar bilan ularning ixtiyorida kamroq pul bo’lishi mumkin.
Bu global moliya tizimiga qanday ta’sir qiladi?
Raqamli dollar bilan ancha vaqt talab qiladigan va xarajatlari ko’p bo’lgan xalqaro o’tkazmalar sezilarli darajada osonlashishi mumkin. Bannockburn’ brokerining valyuta bo‘yicha eksperti Mark Chandlerning so‘zlariga ko‘ra, hozirda ikki kun davom etadigan tranzaksiya raqamli dollar yordamida bir soat ichida yakunlanishi mumkin ekan.
Uning qo’shimcha qilishicha, AQSh dollarining geosiyosiy roli uning raqamli versiyasini joriy etish bilan buzilmaydi. Raqamli dollar “inqilob emas, balki tabiiy evolyutsiya” hisoblanadi.
“Buning uchun zamonaviy dunyoda har kuni xalqaro valyuta bozorida 6,5 trillion dollardan ko’proq pul elektron tarzda almashtirilayotganini bilishimiz kifoya. Xitoy hukumati ham raqamli yuanni chiqarmoqchi bo’layotganini hisobga olsak, raqamli dollar u bilan raqobatlasha oladi”.