Ilon Mask Texasda shahar quradi

Ilon Mask xodimlari kamroq ijara haqi to’lashlari uchun Texasda shahar qurmoqchi

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask o’zining Tesla’, SpaceX’ va The Boring’ kompaniyalari xodimlari uchun Texas poytaxti Ostin yaqinida shahar qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar beryapti The Wall Street Journal .

Milliarder yangi o’zlashtirilgan yerlar – minglab gektardan iborat sobiq qishloq xo’jaligi hududlarida qurilishni kengaytirish arafasida. Endilikda ushbu joylarda bir qator ijtimoiy va maishiy infratuzilma obyektlari mavjudligini inobatga olib, yuzdan ortiq uy-joy qurilishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, ushbu manzildan unchalik uzoq bo‘lmagan masofada Maskning ham turar-joy majmuasi barpo etiladi.

Tadbirkor anchadan buyon o’zining g’oyalarini ro’yobga chiqarayotgan xodimlarini bozor narxidan pastroq ijara uylar bilan ta’minlash haqida o’ylab yurgan edi.

Ostin yaqinida Mask firmalariga tegishli bir qator ko’chmas mulklar mavjud. Masalan, Texasda Tesla zavodi, SpaceX ob’ekti va The Boring ombori qurilmoqda.

Eslatib o’tamiz, avvalroq bir qator nashrlar Ilon Mask dunyoning eng boy odamiga aylanib, uning boyligi 187 milliard AQSh dollariga yetgani haqida yozishdi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *