Har bir milliarderning o’ziga xos g’alati odatlari bo’lar ekan

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Okt 1, 2023
Milliarderlar haqida siz bilgan va bilmagan 10 ta qiziqarli fakt
1. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyo bo’yicha eng ko’p – 500 ga yaqin milliarderlar asosan Amerikada yashaydi, ikkinchi o’rinda Xitoy, uchinchi o’rinda Buyuk Britaniya turadi. Rossiya esa Germaniya va Hindistondan keyin oltinchi o’rinni egallagan.
2. “Standart Oyl” kompaniyasi asoschisi Jon Rokfeller 1916 yilning 29 sentyabrida dunyoning ilk dollarli milliarderiga aylangan.
3. Milliarder Bill Geyts amerikalik yozuvchi Frensis Skott Fisjeraldning muxlisidir. U adibning “Buyuk Getsbi” romanidan keltirilgan parchalarni uy kutubxonasi shiftiga ilib qo’ygan.
4. Rossiyalik milliarder Mixail Proxorov talabalik paytlarida vogondan yuk tushirib, pul topgan, keyinchalik sobiq ittifoq davrida urfga kirgan zamonaviy “qaynatilgan” jinsilarni ishlab chiqaruvchi firma ochgan.
5. “Garri Potter” asari muallifi britaniyalik Joan Rouling dunyoda adabiyot orqali milliard dollarlab pul topish mumkinligini isbotlab bergan ilk adibadir. Taqqoslab ko’riladigan bo’lsak, Stiveng King o’z asarlari uchun 200 million dollar olgan. Joan Garri Potter haqidagi ilk asarini juda qiyin ahvolda, depressiyada yozgan. U eri qo’lidagi yosh bolasi bilan tashlab ketganidan so’ng bir chaqasiz qolgan edi.
6. Google asoschisi, dunyoning eng boy odamlaridan biri hisoblangan Sergey Brin dunyoning oshkor etilmagan eng ko’rkam milliarderlaridan biri deb tan olingan. 2013-yilda rafiqasidan ajrashgach, Sergey dunyoning eng orzu qilingan bo’ydoqlaridan biriga aylandi. Sergey Moskvada sovet olimlari oilasida dunyoga kelgan, u besh yoshga to’lganda ota-onasi doimiy yashash uchun Amerikaga ko’chib ketgan.
7. Eng ko’p bolali millarder deb, Saudiya Arabistonidan bo’lgan Abdul Aziz al-Rajiy tan olingan. Uning yettita xotinidan 60 nafar farzandi bor!
8. Apple’ ning asoschisi bo’lmish marhum Stiv Jobs eng kashfiyotchi milliarderlardan biri hisoblangan. Uning ham o’ziga xos g’alati qiliqlari bo’lgan. Stiv doimo raqamsiz avtomobillarni boshqargan. Kaliforniya shtati qonunlariga asosan avtomobil sotib olingandan keyin olti oygacha raqamsiz haydab yurish mumkin. Shu sababli, u har olti oyda avtomashina almashtirgan.
9. Facebook ijtimoiy tarmog’i asoschisi bo’lgan, eng yosh milliarder Mark Sukerberg daltonik bo’lib, qizil va yashil rangni ajrata olmaydi, aynan shuning uchun Facebook ko’k rangdadir.
10. Rossiyalik milliarder Roman Abramovich tasviriy san’at asarlari va haykallarni kolleksiya qilishni yaxshi ko’radi. Uning eng qimmatli xaridlari orasida Alberto Jakometti, Frensis Bekon va Lusien Freydlarning asarlari mavjud.