Rossiya brendlarining franshizalari O‘zbekistonda muvaffaqiyatga erishmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Rossiya kompaniyalarining aksariyati franchayzing vositasida O’zbekiston bozorlarida savdo hajmini oshirmoqchi
O‘zbekistonda Rossiya brendlarining franshizalariga talab hamon yuqori, deb yozmoqda “Kommersant” nashri Franshiza.ru tadqiqotlariga tayanib.
Portal eksperti Anna Rojdestvenskayaning so‘zlariga ko‘ra, 2023-yilda Rossiyada iqtisodiy vaziyat yomonlashmasa, franshizalarga bo‘lgan talab yanada ortishi mumkin.
Franshiza.ru portali tomonidan o’tkazilgan so’rovnoma natijalari shuni ko’rsatadiki, rus brendlarining 41foizi franchayzing orqali savdo nuqtalari sonini ko’paytirishni rejalashtirmoqda.
Rossiya kompaniyalarining franshizalariga qiziqish ko’p sonli rossiyalik relokatorlar ko’chib o’tgan mamlakatlar – BAA, Turkiya va Qozog’istonda hamon saqlanib qolmoqda. Shunga qaramay, Anna Rojdestvenskaya O‘zbekiston va Belorussiyada rus brendlarining franshizasiga talab boshqa joylarga nisbatan ancha balandligini aytmoqda.
AnderSon’ kafelar tarmog’i asoschisi Anastasiya Tatulova MDH va BAA da franchayzingga qiziqish bildirgan. Rossiyaning Stardogs’ hot-dog tarmog‘i MDH davlatlaridan birida o‘zining ilk franchayzing restoranini ochish niyatida.
Biroq, “Infoline-Analytics” tadqiqot markazi bosh direktori Mixail Burmistrov ko’plab rus kompaniyalari hali tashqi bozorlarga moslashib ulgurmaganiga ishora qilmoqda.
“To’g’ri, bu mamlakatlarga ruslar gavjum ekan, talab saqlanib qolaveradi. Ammo migratsiya oqimi zaiflashganidan so’ng rus brendlari mahalliy voqeilikka moslashishi kerak. Aks holda, ular o’z faoliyatini tugatishga majbur bo’ladi”,- deydi u.