“IT Girls 2023” dasturiga arizalar qabul qilinmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
“IT Girls 2023” dasturida ishtirok etish uchun 19-martgacha arizalar qabul qilinadi
“Albison Academy” hamda IT Park’ Uzbekistan bilan hamkorlikda “IT Girls 2023” dasturiga arizalar qabuli boshlanganini e’lon qildi.
“IT Girls 2023” — bu qizlar va ayollar uchun qimmatbaho texnologiya koʻnikmalarini oʻrganish va IT sohasida muvaffaqiyatli karyera boshlash uchun noyob imkoniyatdir.
Dastur 14 yoshdan 34 yoshgacha boʻlgan qizlar uchun maxsus yaratilgan, shuningdek, fullstack, veb va mobil-dasturlash boʻyicha bepul oʻqitishni taʼminlaydi.
“IT Girls 2023” dasturi 20-martdan boshlanadi va uch oy davom etadi.
Darslar oflayn tarzda va har bir ishtirokchiga alohida e’tibor ajratilgan holda o‘tkaziladi.
Dasturda kamida 7+ ball toʻplagan IELTS sertifikati ega nomzodlar qatnashishi mumkin, bu ishtirokchilarning global IT sohasida ingliz tilidagi muloqotga yaxshi tayyor ekanliklarini kafolatlaydi.
Ishtirok etish uchun arizani 19-martgacha havola orqali yuborish mumkin.