Chirchiqda Yangi Toshkent quriladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Chirchiq O‘zbekistonning yangi maʼmuriy markaziga aylanadimi?
Prezident Shavkat Mirziyoyevga “Yangi Toshkent” shahri loyihasi taqdim etildi.
Ushbu loyihaga ko‘ra, birinchi bosqichda 6 ming gektar yer maydonida bunyodkorlik ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
E’tiborlisi prezident matbuot xizmati xabarida shaharchaning yangi maʼmuriy va iqtisodiy markaz bo‘lishi aytilgan.
Poytaxtning sharqiy qismida, Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari hududidagi bu shaharcha 800 ming aholiga mo‘ljallanadi.
U yerda vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari bo‘lishi xabarda alohida qayd etilgan. Bundan ko‘rinadiki, bir qancha maʼmuriy binolar shahar tashqarisiga ko‘chiriladi.
Eslatib o’tamiz, ayni paytda O‘zbekistonning maʼmuriy markazi Toshkent shahri hisoblanadi.