Muomaladagi bank kartalari soni 34 milliondan oshdi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O‘zbekistonda bank kartalari soni 34,2 million donaga yetdi
2022-yilda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari qo‘lidagi bank kartalari soni 7 million donaga ko‘paydi. O‘tgan yilda bank kartalari soni 20,8 foizga o‘sgan edi. Oxirgi 4 yildagi raqamlarga e’tibor bersak, 2022-yilda bank kartalarining soni juda tez ortganini kuzatishimiz mumkin.
Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga keng targ‘ibot ishlari olib borilishi natijasida muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni 2022-yil boshida 27,1 mln donani tashkil qilgan bo‘lsa, yil oxiriga kelib 34,2 mln donaga yetgan.
Raqamlar hisobot davrida bank kartalari soni 20,8 foizga o‘sganini ko‘rsatmoqda.
Biroq 2021-yilda aholi va tadbirkorlik sub’yektlari qo‘lidagi bank kartalari soni aytarli darajada oshmagan. Bu davrda bank kartalari soni 25,7 mln donadan 27,1 mln donagacha ko‘paygan. O‘sish – 5,2 foizni tashkil qilgan.
So’nggi 4 yildagi bank kartalari sonining o‘sishini taqqoslasak, 2020-yilda muomaladagi bank kartalari soni 26 mlndan oshib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 5,9 mln donaga ko‘payganligini guvohi bo’lamiz.
2019-yilda esa bank kartalari soni 20,5 mlndan ortiqni tashkil etib, o‘tgan yilga qaraganda 2,8 mlnga ko‘paygan.
Oxirgi 3 yildagi bank kartalari sonining o‘sishi bilan bog‘liq tendensiyasi quyidagicha:
2019-yilda – 2,8 mln donaga;
2020-yilda – 5,9 mln donaga;
2021-yilda – 1,4 mln donaga;
2022-yilda – 7 mln donaga ko‘paygan.
Shunday qilib, oxirgi 4 yilda bank kartalari soni 2022-yilda juda tez o‘sganini ko‘rishimiz mumkin.