2023-yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o‘sish qayd etildi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
2023-yilning yanvar-fevral oylaridagi jami tushum 25,3 trln so‘mdan oshgan
2023-yil fevral oyida soliq organlari tomonidan 13,4 trln so‘m soliq tushumlari ta’minlandi, deya xabar bermoqda Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Tushumlar tahlil qilinganda 2023-yil fevral oyida yanvar oyiga nisbatan 7 ta soliq turida o‘sishga erishilgan.
Jumladan, foyda solig‘i 1,5 trln so‘m, JShODS 407,2 mlrd so‘m, AOS 140,7 mlrd so‘m, mol-mulk solig‘i 140,2 mlrd so‘m, yer solig‘i 100 mlrd so‘m, aksiz solig‘i 86 mlrd so‘m, yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq 30 mlrd so‘mga o‘sgan.
2023-yil yanvar-fevral oylaridagi jami tushum 25,3 trln so‘mdan oshdi.
Soliq turlari kesimida:
Avvalroq 2022-yilda soliq organlari tomonidan 148,4 trln so‘m tushumlar ta’minlangangani haqida xabar berilgandi. Bu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan (20,4 trln so‘m) 16% ko‘pni tashkil qilgan.
Jumladan, soliq turlari kesimida:
Shuningdek hududlar kesimida soliq tushumlari bo‘yicha Toshkent shahri 21,3 trln so‘m bilan yetkachilik qilmoqda. Hududda tushumlar ko‘rsatkichi 2021-yilga nisbatan 38%ga oshgan.