Gulnora Karimovaning 240 mln dollarlik ko‘chmas mulklariga oid yangi hisobot e’lon qilindi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Gulnora Karimova katta miqdordagi davlat mablag’larini uylar va samolyotlar sotib olishga sarflagan
“Freedom For Eurasia” o‘rganishlariga ko‘ra, Karimova Londondan Gonkonggacha bo‘lgan shaharlardagi mulklari uchun qariyb 240 million AQSh dollari sarflagan.
BBC ning tashkilot hisobotiga tayanib maʼlum qilishicha, Gulnora Karimova korrupsiya va pora orqali topgan jamg‘armasi vositasida uylar va samolyot sotib olish uchun Britaniya kompaniyalaridan foydalangan.
Britaniya kompaniyalari uchun ishlovchi, London va Britaniyaning Virjiniya orollarida joylashgan buxgalteriya firmalari ushbu bitimlarga aralashgan.
Ushbu hisobot Britaniyaning noqonuniy mulklarga qarshi kurash bo‘yicha saʼy-harakatlariga nisbatan shubha paydo qiladi deyiladi maqolada.
Bundan Britaniya rasmiylari xorijiy jinoyatchilarning pul yuvish uchun Britaniyadagi mulklardan foydalanishi oldini olish uchun yetarli chora ko‘rmayotgani ma’lum bo’lib qolyapti. Tahlilchilarning fikricha, Karimovaning Britaniyada osonlik bilan mulk sotib olgani ancha xavotirli. Britaniyada bunday xizmat ko‘rsatganlar ishi surishtirilmagan va hech kim jarimaga tortilmagan.
“Freedom For Eurasia” esa Karimovaning hibsga olinishidan oldin Buyuk Britaniya, Shveysariya, Fransiya, Dubay va Gonkong kabi mamlakatlarda gumon qilingan mablag‘lar bilan sotib olingan kamida 14 ta ko‘chmas mulkini aniqlash uchun ko‘chmas mulk va yer reyestridagi yozuvlarni ko‘rib chiqdi.
Londonda va uning atrofida 50 mln funt sterlingga sotib olingan, jumladan, Belgraviyadagi uchta kvartira, Bukingem saroyining gʻarbida, Mayfeyrdagi uy va Surreyda qayiqda sayohat qilish uchun shaxsiy koʻli boʻlgan 18 mln funt sterlinglik saroyiga e’tibor qaratdi.
Gulnora Karimovaning Londonning Mayfeyrdagi sobiq mulki jiddiy firibgarliklarni tekshiruvchi idora (Serious Fraud Office) tomonidan musodara etilgan.
2013-yilda Karimova hibsga olinishidan oldin Belgraviyadagi ikkita kvartira sotilgan.
Prokurorlar Karimovani Britaniya, Rossiya va Birlashgan Arab Amirliklarida 1 milliarddan ortiq aktivga egalik qilgan jinoiy guruh aʼzosi bo‘lganlikda aybladi. «Karimova ishi eng yirik pora va korrupsiya ishlaridan biridir», deydi “Freedom For Eurasia” hisoboti mualliflaridan biri, Oksford universiteti tadqiqotchisi Tom Mey.
Karimovaga aloqador bo‘lgani aytilayotgan ikki kompaniya Panally Ltd va Odenton Management Ltd ga ilgari Londonning Nyu-Oksford ko‘chasida joylashgan SH Landes LLP firmasi buxgalteriya xizmati ko‘rsatgan.
2010-yil iyul oyi oxirida SH Landes boshqa bir kompaniyani ro‘yxatdan o‘tkazishga harakat qildi. Maqsad 40 million dollarga xususiy samolyot sotib olish edi, Karimovaning yigiti Rustam Madumarov esa unga benefitsiar sifatida ko‘rsatilgan. Hisobotda aytilishicha, haqiqatdan ham bu xarid ortida Karimova turgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Adliya vazirligi Gulnora Karimova va uning sheriklarining Fransiya, AQSH, Latviya va boshqa mamlakatlardagi aktivlari qiymati 1,3 mlrd dollarni tashkil etishini qayd etgan edi.