Elektron logistika portalida yuk tashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati 2,4 mlrd so‘mdan oshdi

O’zbekiston birjasi yuk tashish aylanmasi ikki barobarga oshgani haqida xabar beryapti

O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi (O‘zRTXB) elektron logistika portalida yuk tashish bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlarning qiymati 2,4 mlrd so‘mdan oshgan. Bu 2022-yilning shu davriga nisbatan ikki baravarga ko‘p, degani.

Shuningdek, sayt foydalanuvchilari tashuvchilar bilan 3 milliard so‘mlik to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzishgan.

2023-yilning ikki oyida elektron logistika portalida 400 dan ziyod yuk avtomobillari ro‘yxatga olingan bo‘lib, ularning asosiy qismi (55 foizi) Qashqadaryo, Navoiy va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

Asosan yuk avtomashinalari bilan “Sho‘rtan GKK” MChJ, “Navoiyazot” AJ, “Maksam Chirchiq” AJ, “Xonqa don mahsulotlari” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ ning birja mahsulotlari tashilgan. Ushbu kompaniyalarning umumiy ulushi 93 foizni tashkil etadi.

Joriy yilning boshidan buyon portalda jami 5,2 mingdan ziyod turli xil va rusumdagi yuk avtomobillari, shu jumladan “ISUZU”, “Kamaz”, “MAN”, “Zil”, “HOWO”, “Gaz”, “DAF” va “SHACMAN” rusumlaridan foydalanilib, ularning umumiy ulushi 70 foizni tashkil etdi. Bunda ularning 26 foizi furgonlar, 16 foizi bortli va 13 fozini shatakka oluvchi yuk avtomobillari tashkil qilgan. Qolgan 45 foizi esa samosvallar, bortli-tentli, tentli yarim tirkamalar va boshqa turdagi yuk mashinalar tashkil qiladi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *