O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida savdo-logistika markazi tashkil etiladi

O‘zbekiston-Tojikiston chegarasidagi savdo-logistika markazi loyihasi qiymati 7,8 million dollarga baholanmoqda

Farg‘ona viloyatining Beshariq tumanida “Andarxon” o‘zbek-tojik savdo-logistika markazi tashkil etiladi, deb yozmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

13-mart kuni tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi, unda viloyat hokimi Xayrullo Bazarov va Tojikistonning O‘zbekistondagi elchisi Abdujabbar Rahmonzoda ishtirok etdi.

5 gektar maydonni egallagan markaz qurilishi 7,8 million dollarga baholanib, unda 200 ta savdo shoxobchasi, mehmonxona, bank, logistika markazi va kafe bo‘ladi. Ushbu loyiha orqali 1000 kishilik ish o‘rni yaratishi mo’ljallanmoqda.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston va Tojikiston chegarasida yangi nazorat-oʻtkazish punktlari ochilishi haqida ma’lum qilingandi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan