YouTube’ning Oʻzbekistondagi monetizatsiya cheklovi olib tashlandimi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
YouTube’ o‘zbekistonliklarga pul to‘lashni qayta tiklashi mumkin
YouTube’ning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkin. Bu haqda prezident Administratsiyasi rahbari o’rinbosari Komil Allamjonov ma’lum qildi.
Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov hamda Administratsiya Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva AQShning O’zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Unda “Google” (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qo’yish muhokama qilindi, shuningdek, ko’plab blogerlarning YouTube monetizatsiyasining cheklanishiga oid murojaatlari yuzasidan kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni o’rganish boʻyicha kelishib olindi.
2018-yilda sentabrda O‘zbekistonda Facebook, oktabrda YouTube va boshqa xizmatlardan foydalanish muammolari boshlangandi.
2021-yilda may oyida YouTube’ O‘zbekistonga pul to‘lashni to‘xtatgandi. Biroq YouTube bu cheklov bo‘yicha hech qanday rasmiy bayonot bermadi.
Keyinchalik, noyabr oyida Telegram, Youtube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki faoliyati cheklangandi.
2022-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda Twitter’ va boshqa tarmoqlardan to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyati tiklandi.
Xabarga koʻra, Twitter’, WeChat’ hamda “ВКонтакте” ilovalari blokdan yechilgan. TikTok’ni ham blokdan chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Ma’lumot o’rnida, cheklovga mazkur tarmoqlar O’zbekiston fuqarolarining shaxsiga oid maʼlumotlarni mamlakat hududida joylashgan serverlarda saqlamayotgani sabab boʻlgan. Bu qaror ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan tinimsiz tanqidlarga uchrab kelayotgan boʻlsa-da, blok hamon ochilmay qolayotgan edi.