Silicon Valley Bank’ ning qulashi AQSh tarixidagi ikkinchi yirik bankrotlik hisoblanadi

AQShdagi yirik banklar inqirozi: Okean ortida 2008-yildan beri eng katta moliyaviy falokat yuz bermoqdami?

Ko’p yillar davomida Kremniy vodiysidagi startaplarning asosiy kreditorlaridan biri sanalib kelgan AQSh banki Silicon Valley Bank’ (SVB) ning qulashi so‘nggi kunlarda barcha jahon ommaviy axborot vositalarining asosiy mavzusiga aylandi. SVB’ bankrotligini AQShdagi tijorat banklari orasida tarixdagi ikkinchi yirik va 2008-yildagi moliyaviy inqirozdan keyingi eng yirik bankrotlik deb atalmoqda.

Silicon Valley Bank’ 1983-yilda Kaliforniyaning Santa Klara shahrida, Kremniy vodiysining qoq markazida tashkil etilgan. Tez orada bank texnologik kompaniyalarning asosiy kreditorlaridan biriga aylandi. SVB’ saytidagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilga kelib u texnologiya va tibbiyot sohasida AQShdagi venchur kapital startaplarining «deyarli yarmi» bilan ishlagan.

2022-yil oxiriga kelib, SVB’ 209 mlrd dollar aktivlarga ega bo‘lib, shundan taxminan 175,4 mlrd dollar depozitlar edi. Buning natijasida SVB’ kapitallashuv bo‘yicha AQSh banklari orasida 16-o‘rinni egalladi.

Bank depozitlarni sug‘urtalash bo’yicha federal korporatsiya (FDIC) tomonidan sug’urtalangan, ya’ni bankrot bo’lgan taqdirda omonatchilar pullarining bir qismini hukumatdan oladilar.

The New York Times’ nashrining yozishicha, o’nlab yillar davomida yirik maqsadli startaplar ushbu bankka omonatlarini qoldirgan va mablag’lar bank tomonidan aksariyat raqobatchilar kabi tasarruf qilingan: uzoq muddatli qarzlarni, masalan, g’aznachilik obligatsiyalari sotib olish va omonatlarning ozgina qismini naqd pulda ushlab turish.

«Foiz stavkalari pastligicha qolar ekan, bu investitsiyalar oddiy, ammo barqaror daromad keltirishi kerak. Ammo, ma’lum bo’lishicha, ular uzoq muddatli puxta reja bo’lib chiqmadi», — deya ta’kidlaydi nashr.

Bank koronavirus pandemiyasi oqibatlari tufayli bir yildan ortiq vaqt davomida hukumat tomonidan rag’batlantirilib turilgan iqtisodiy vaziyatni umuman hisobga olmadi. Natijada, Federal zahira tizimi (FZT) o‘sib borayotgan inflyatsiyani to‘xtatish uchun foiz stavkalarini oshirganida, bu obligatsiyalarning bozor qiymati tushib ketdi.

Ushbu past daromadli obligatsiyalarni sotish o‘rniga, SVB’ ularning past foiz stavkalariga rozi bo‘lgan holda ularni o‘z portfelida saqlashga qaror qildi. Bankning asosiy mijozlari — startaplar bo‘lmaganda, reja ish berishi mumkin edi, deb yozadi Financial Times.

Texnologiya sanoatidagi tanazzul fonida ko‘plab IT-kompaniyalar daromadlarining pasayishiga duch kelishdi va depozitdagi mablag‘larni ommaviy ravishda yechib olishni boshlashdi.

Bu bankni o‘z balansini mustahkamlash uchun aksiyalarni sotishni boshlashga majbur qildi. Biroq, bu harakat pullarini yechib olishga shoshilgan texnologiya investorlari orasida vahima qo‘zg‘atdi. 11-mart kuni SVB’ aksiyalari keskin tushib ketdi, bu moliyaviy regulyatorlarni jarayonga aralashishga va bankni yopishga majbur qildi.

Silicon Valley Bank’ ning qulashi moliya bozorida va texnologiya sohasidagi shokka sababchi bo‘ldi. Dastlab, moliyaviy ekspertlar SVB’ bankrotligi AQSh iqtisodiyotiga unchalik ta’sir qilmaydi, deb o’ylashgandi. So’ngi oylarda bankning asosiy mijozlarini tashkil etgan venchur kapitalistlar va startaplar minglab ishchilarni ishdan bo‘shatdi, bu esa milliy iqtisodiyotga u darajada ta’sir qilmadi.

Ma’lum bo‘lishicha, bank depozitlarining 90 foizdan ortig‘i FDIC sug‘urtasi bilan qoplangan 250 000 AQSh dollariga teng limitdan oshib ketgan. Pul mablag‘larini yechib olmagan kompaniyalar katta miqdorda pul yo‘qotish va o‘z xodimlariga ish haqini to‘lay olmaslik ehtimoliga duch kelishdi.

Bu boshqa banklardagi omonatlarning xavfsizligi bilan bog‘liq xavotirlarni uyg‘otdi, bu esa ushbu muassasalardan mablag‘larning chiqib ketishiga olib kelishi mumkin, deya ta’kidlaydi Washington Post’.

«Bu startaplar uchun yo‘q bo‘lib ketish darajasidagi hodisa va innovatsiyalarni 10 yil yoki undan ko‘proq muddat orqaga tortib ketadi», — deya ta’kidladi Y Combinator’ startap inkubatorining bosh direktori Garri Tan.

SVB’ bankrotligi oqibatlari qatorida boshqa bir qator texnologiya bilan bog‘liq banklarning aksiyalari narxining pasayishi ham kuzatilmoqda. Kaliforniyadagi ko‘plab texnologik kompaniyalarga xizmat ko‘rsatadigan First Republic Bank’ aksiyalari 22 foizga arzonlashdi.

O‘tgan hafta kriptovalyutalar bilan ishlagan yana ikkita AQSh banki — Silvergate’ va Signature’ ning yopilishi bilan vaziyat og‘irlashdi. SVB’ ning qulashi Signature Bank’ mijozlari orasida vahima qo‘zg‘atdi, bu esa omonatlarning yechib olinishiga olib keldi. Signature Bank’ ning aksariyat omonatchilari, shuningdek, federal sug‘urtalanganlari, o‘z hisoblarida 250 000 dollardan ortiq mablag‘ni ushlab turishgan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *