“O‘zbekkimyomash” AJ ulushini Niderlandiya kompaniyasi sotib oldi

Niderlandiya kompaniyasi “O‘zbekkimyomash” zavodi ustav kapitalidagi 44,71 foiz aksiyalar paketini sotib olish bo‘yicha kelishuvga erishdi

Gollandiyaning “Tropidia Holding B.V.” kompaniyasi “O‘zbekximmash zavodi” AJ ning 44,71 foiz ulushini sotib oldi. Bitim 37 milliard so’mni tashkil etdi, deya xabar beryapti UzAssets’.

Korxona aksiyalar paketini xususiylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro jarayon natijalari Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli qarori bilan maʼqullangan.

Bunda, “UzAssets” AJ tomonidan eng maqbul takliflarni tanlab olish asosida Deloitte’ xalqaro konsalting kompaniyasi xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida jalb etilgan va Dentons’ xalqaro yuridik kompaniyasi huquqiy masalalarda ko‘maklashgan.

Eng yaxshi majburiyatga ega bo‘lgan taklif “Tropidia Holding B.V.” tomonidan taqdim etilgan va uning narx taklifi konsultant tomonidan hisoblangan korxonaning indikativ narxlar parametrlari oralig‘ida joylashgan hamda uning baholangan qiymatidan yuqori. Shu bilan birga, UzAssets’ xaridor bozordagi raqobat kuchaygan sharoitda korxona faoliyatini saqlagan holda barqaror rivojlanishini taʼminlay oladi, deb hisoblaydi. Shu bilan birga, issiqlik almashinuvi uskunalari, nasoslar, turbo kompressorlar, kolonnali va sig‘imli qurilmalarni, shuningdek murakkab metallni loyihalash va ishlab chiqarish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining yirik sanoat korxonalaridan biri bo‘lib shakllanadi.

“Tropidia Holding B.V.” 2012-yilda Rossiyaning “Novotroitsk sement zavodi” OAJ ga oid affillangan shaxslar ro’yxatiga kiritilgan. Bundan tashqari, Gollandiya kompaniyasi “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati bilan hamkorlikda issiq po‘lat erituvchi shlakni qayta ishlash loyihasida ishtirok etmoqda.

“O‘zbekkimyomash” zavodi issiqlik almashinuvi uskunalari, nasoslar, turbo kompressorlar, kolonnali va sig‘imli qurilmalari, shuningdek murakkab metallni loyihalash, ishlab chiqarish va texnik xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan. Ushbu korxona elektr energiyasi, tabiiy gaz, karbonat angidrid, kislorod bo‘yicha ulkan taʼminot quvvatiga ega.

Korxona “Navoiyazot” AJ, Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, “MaksamChirchiq” QK va boshqa bir qator ishlab chiqaruvchilar uchun ehtiyot qismlarni yetkazib beradi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan