O‘zbek-qirg‘iz zavodida avtomobillarni yig‘ish iyul oyidan boshlanadi

O‘zbek-qirg‘iz zavodida 19 rusumdagi Chevrolet’, Daewoo’ va Isuzu’ avtomobillarini yig‘ish belgilangan

Qirg’iziston respublikasining Chuy viloyati Ak-Suu qishlog‘idagi o’zbek-qirg‘iz qo‘shma zavodida avtomobil ishlab chiqarish iyul oyida boshlanishi rejalashtirilgan. Bu haqda Kaktus.media Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Aynura Usenbekovaga tayanib xabar bermoqda.

14-mart kuni Qirg‘iziston parlamentining yoqilg‘i-energetika kompleksi, yer qa’ridan foydalanish va sanoat siyosati qo‘mitasi ikki davlat o‘rtasida avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni ko‘rib chiqdi.

Loyihani taqdim etgan Aynura Usenbekovaning aytishicha, ikki davlat prezidentlari avvalroq «iyul oyida zavod ishlay boshlaydi» degan kelishuvga erishgan. Shu munosabat bilan bo‘lim shoshilinch ravishda kelishuvni qo‘mitaga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, 10-iyuldagi jadvalga ko‘ra, birinchi avtomobil yig‘ilishi ro‘yxatga olinishi kutilmoqda. Zavodning o‘zi, yer va boshqa infratuzilmani hisobga olmaganda, 2,5 mln dan 5 mln dollargacha baholanmoqda.

Usenbekovaning ta’kidlashicha, birinchi bosqichda yirik va o‘rta uzelli yig‘ish yo‘lga qo‘yiladi. Kelajakda elektromobillarni kichik uzelli yig‘ish ham boshlanishi mumkin.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda Sokuluk tumanida qirg‘iz-o‘zbek avtomobil zavodi ishlay boshlaydi. Olti yil ichida 30 ming dona avtomobil ishlab chiqarish, 2 ming ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Zavodda 19 rusumdagi Chevrolet, Daewoo va Isuzu avtomobillarini yig‘ish mo‘ljallangan.

Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Kanat Abdrahmonovning qayd etishicha, qo‘shma yengil avtomobillar ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha kelishuv Qirg‘iziston tomonidan «DT Texnik» va «Nur», O‘zbekiston tomonidan esa «O‘zavtosanoat» AJ tomonidan imzolanadi. Jami sarmoya 50 mln dollarga baholandi.

Eslatib o‘tamiz, 2021-yil sentabr oyida Gadjigabul (Ozarbayjon) shahrida UzAuto Motors va «SamAvto» ishlab chiqarish liniyasi ochilgan edi. General Motors bilan ittifoq doirasida UzAuto Motors Ozarbayjonda Chevrolet avtomobillari sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Ozarbayjonning ishlab chiqarish hamkori Boku shahri yaqinida joylashgan Gadjigabul sanoat tumani tarkibiga kiruvchi «Azermash SR» zavodi edi.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *