O‘zbekiston hukumati Yaponiyadan 200 mln dollar qarz oladi

O’zbekiston hududlarda meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida Yaponiyadan 200 mln dollar qarz oladi

O‘zbekiston hukumati Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA)dan 200 mln AQSH dollari miqdorida imtiyozli qarz jalb qiladi.

Ushbu mablag‘lar mamlakatda meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni rivojlantirish loyihasini moliyalashtirish uchun sarflanadi.

Loyihada ishtirok etuvchi moliya tashkilotlariga kreditlar o‘zbek so‘mida taqdim etiladi. AQSH dollariga nisbatan o‘zbek so‘mining valyuta kursi tebranishlari tufayli yuzaga kelayotgan xarajatlar respublika budjeti hisobidan qoplanadi.

Kreditlar loyiha tashabbuskorlariga Markaziy bankning asosiy stavkasida ajratiladi.

Ma’lumot o’rnida, JICA ishtirokida meva-sabzavotchilik tarmog‘ida qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratish loyihasi 6 yil (2020–2025 yillar) davomida amalga oshirilishi qayd etilgan edi.

One Reply to “O‘zbekiston hukumati Yaponiyadan 200 mln dollar qarz oladi”

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *