O’zbekiston va Qirg’iziston chegarasida yirik logistika markazi ishga tushiriladi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
O’zbek-qirg’iz chegarasida qurilayotgan “Bay-Talaa Global” savdo-logistika markazi joriy yilning yozida ochiladi
2023-yilning yozida Qirg‘iziston va O‘zbekiston chegarasida yirik “Bay-Talaa Global” savdo-logistika markazi ochiladi, deb xabar bermoqda Economist.kg nashri.
Markaz to‘rt blokdan iborat bo‘ladi: ombor hamda ishlab chiqarish binolari, agrosanoat majmuasi, savdo punktlari va chorva mollarini o‘tkazish punkti.
Qurilish uchun Qirg‘iziston respublikasining Jalolobod viloyatidan 50 gektar yer maydoni ajratilgan. Taʼkidlanishicha, markaz Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy jihatdan muvaffaqiyatli boʻlgan uchta viloyati: Namangan, Andijon va Toshkent chegarasida joylashadi.
Qurilayotgan markaz O‘zbekiston va Qirg‘iziston eksport salohiyatini oshirishga xizmat qilishi, shuningdek, Qirg‘iziston Respublikasi orqali MDH va Xitoyga yuk tranziti hamda transport yo‘lagi vazifasini bajarishi kutilmoqda.
18.03.2023 бўйича қандайдир логистикалар йўқми Ўзбекистон-Қирғизистон бўйича