Microsoft’ sun’iy intellekt vositasida foydalanuvchilariga sovg’a tayyorlamoqda

Microsoft’ o’z ilovalari va xizmatlariga sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan “Copilot”ni qo’shdi

Microsoft’ kompaniyasi ish uchun ilovalar, Microsoft Graph’ va ChatGPT-4′ ni birlashtirdi. Word Copilot’ so’rov bo’yicha hujjatlar loyihasini tuzadi. Shu bilan birga, foydalanuvchilar o’z tahrirlarini ham qo’shishlari mumkin. Ayni paytda tayyor matnga asoslanib PowerPoint dasturida mustaqil taqdimotlar yaratish imkoniyati ham paydo bo’lmoqda. Excel Copilot yordamida trend tahlilini kuzatish va tayyor ma’lumotlar vizualizatsiyasini olish mumkin bo’ladi.

Microsoft’ kompaniyasi o’zining “Microsoft 365” xizmatlari – Outlook’, Teams’, PowerPoint’, Excel’ va Word’ uchun sun’iy intellekt funksiyalarini qo’shishga qaror qildi. Sun’iy intellekt funksiyalari hujjatlarni tahrirlash, umumlashtirish, yaratish va solishtirishga yordam berishi aytilmoqda.

Yangi funksiyalar yordamida foydalanuvchilar Skype’ qo‘ng‘irog‘i vaqtida yig’ilishda bildirilgan fikrlarning yozma shakli bilan tanishishlari, taklif qilinishi kerak bo’lgan loyihani tezkorlik bilan tuzish uchun elektron pochta xabarlarining umumlashmasidan foydalanishlari, Excelda ma’lum diagramma yaratishni so‘rashlari hamda Word hujjatlarini bir necha soniya ichida PowerPoint taqdimotiga aylantirishlari mumkin bo’ladi.

Yangilik OpenAI’ kompaniyasi va ChatGPT’ yaratuvchisi o‘zining keyingi avlod modeli “GPT-4” ni taqdim etganidan ikki kun o‘tib ma’lum qilindi. OpenAI’ o’zining so’nggi modelida katta o’zgarishlarni amalga oshirgan bo’lsa-da, “GPT-4” oldingi versiyalarga o’xshash kamchiliklardan ham xoli emas. Shunga qaramay, Microsoft’ning yangi Bing’ brauzerida allaqachon “ChatGPT-4” dan foydalanilmoqda.

Ma’lumot o’rnida, Microsoft “Business Chat” deb nomlangan yangi konsepsiyasini taqdim etmoqda. U foydalanuvchilarga Microsoft 365 ma’lumotlarini tushunishga ham yordam beradi. Agent kun davomida foydalanuvchilarning elektron pochtasi va taqvimida nima borligini, shuningdek, ular ustida ishlagan hujjatlar, taqdimotlar, biznes hamkorlarining jamoaviy platformalardagi yozishmalari haqida xabar berib turadi. Shu bilan birga, Business Chat’dan ma’lum bir loyiha bo’yicha platformalardagi barcha hujjatlarni umumlashtirib, hisobot yozishni ham so’rash imkoni mavjud.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *