Dunyoning eng g‘aroyib mayning-fermalari tasvirlari

Siz bilgan va bilmagan dunyodagi g’aroyib mayning-fermalari haqida hikoya qiluvchi suratlar to’plami

Bugungi kunda mayning bilan uyda ham shug‘ullanishmoqda. Biroq, bu turdagi «fermalar»ni konchilik faoliyati bilan bog‘lash noto‘g‘ri bo‘ladi. Demak, bugungi qiziqarli ma’lumotlarimiz yirik sarmoyalar, so‘nggi texnika va bitkoin orqali daromad ko‘rish haqida.

Dunyodagi taniqli maynerlarni 2 guruhga ajratsa bo‘ladi: birinchi guruhga daromad ko‘rishni xohlovchilar va ikkinchi guruhga mayning va blokcheynni hayotining mazmuniga aylantirganlar.

Birinchi guruhga nafaqat bitkoinlar va efir (Ethereum blokcheyni valyutasi) orqali daromad olayotganlarni, balki sarmoyadorlarni ham jalb qilayotganlarni kiritish mumkin. Masalan, Genesis Mining’ «bulutli mayning»da ham pul ishlaydi.

Ikkinchi guruhdagilar Gvido Rudolfiga o‘xshash kishilardir. U haqiqiy bitkoin ustasi bo‘ldi. Gvido tashlandiq fabrika binosida mayning-fermani barpo etdi. Endilikda u fermasini barchaga namoyish etmoqda, ma’ruzalar o‘qib, seminarlar tashkil etyapti.

Agar kriptovalyutalar siz uchun noaniq mavzu bo‘lib, «blokcheyn» va «mayning» nimaligiga qiziqsangiz, tezroq tanishishni tavsiya etamiz.

Tomi ko‘k rangdagi bino Xitoydagi eng yirik bitkoin-fermalardan biridir. U Tibet tog‘lari bilan chegaradosh Sichuan viloyati tog‘larida joylashgan.

Ishchilar yangi mayning mashinalarni yig‘ishmoqda. Xitoy fermalarining jozibadorligi shudaki, bu yerda ishchilar va elektr energiyasi ancha arzon.

Suratda Xitoydagi eng yirik mayning fermalaridan birining omborxonasi. Hozirdayoq, unga barcha bitkoin-tarmog’ining 5 foiz xesh quvvati to‘g‘ri keladi. Qurilishi tugamagan ferma har birining uzunligi 150 metr va eni 20 metrni tashkil etuvchi 4 ta shunday bo’limdan iborat.

Suratdan ko‘rish mumkinki, bu fermadagi barcha narsa arzon: malakasiz ishchilar, yer va uskunalar ham.

Tunda ASIC mayning mashinalaridan taralayotgan yashil nur orqali allaqanday futuristik joziba kashf etasan. Bu yerda hatto fermada turganingni hamda u yerda faqatgina yangi mashinalargina qimmat turishini unutasan.

Xitoyning Guychjou viloyatidagi fermaga o‘rnatilgan mayning mashinalar. Mamlakatdagi aksariyat fermalar kabi imkon qadar kamxarj. Mashinalar bitkoin va efir ishlab chiqaradi.

Suratda Genesis Mining fermasining “Enigma”si. Islandiyada joylashgan Ethereum firmasi bilan ishlaydi. Islandiyaning sovuq iqlimi, arzon elektr quvvati va tez internet sababli efir tannarxi (Ethereum tarmog‘i valyutasi) juda past.

Shveytsariyaning Lintayl shahridagi ferma kamtarona tuzilishi bilan e’tiborga molik. U bitkoin kashshoflaridan biri Gvido Rudolfiga tegishli.

Suratda Gonkongdagi mayning fermalardan biri. Unda yuzlab ASIC chiplari o‘rnatilgan raflarni ko‘rish mumkin. 3 xonali xonadon maydoniga to‘g‘ri keluvchi ferma moliyaviy markazdan 12 km uzoqlikdagi Kvaychun tumanida joylashgan.

Shkaflarda mayning uchun matematik vazifalarni bajarayotgan serverlar joylashgan. Juda ham sokin, faqat mashinalarning vizillashi eshitiladi.

Suratda ASIC chiplaridan chiquvchi harorat sovutuvchi suyuqlikni qaynatmoqda. Gonkong fermasida suyuqlik vositasida sovutish yo‘lga qo‘yilgan. Bu maydon va elektr muammosini hal etishga yordam beradi.

Ulkan radiatorlar ferma tashqarisiga o‘rnatilgan bo‘lib, chiplar ishlab chiqargan issiqlikni tashqariga haydaydi.

Rossiyaning eng yirik fermasi. U sovutish va elektrenergiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha ulkan muhandislik g‘oyasining hayotga tatbiqidir. Fermaga 3 ming dona AntMiner S9 mashinasi o‘rnatilgan. Uning xeshlash umumiy quvvati 38 PH/S.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *