Toshkent viloyatida noqonuniy kriptoferma aniqlandi

Nurafshon shahridagi kriptofermada 127 dona qurilma umumiy elektr tarmog’iga ulangan

Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi yer osti mayning-fermasi faoliyatiga chek qo’yildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura huzuridagi departament matbuot xizmati.

Qoidabuzarlar xorijiy davlat fuqarosi va o’zbekistonlik ekanligi ma’lum bo’lgan. Ular jami 127 ta to‘plamdagi mayning kripto-aktivlari qurilmalarini umumiy elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishlari natijasida davlat va jamiyat manfaatlariga 1,5 mlrd so‘mlik zarar yetkazgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘irlik) va 185-2-moddalari (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suv ta’minotidan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

One Reply to “Toshkent viloyatida noqonuniy kriptoferma aniqlandi”

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan