Yangi Toshkentda elektr muammosi bo’lmaydimi?

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Toshkentda quvvati 2400 megavattli to‘rtta yirik quyosh stansiyasi barpo etiladi
Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi. Birinchisi — Qibrayda 400 megavattli foto-elektr stansiyasini qurish ishlari boshlandi. Shuningdek, bugungi “Yangi Toshkent” loyihasi qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimida:
-Yuqori Chirchiqda 700 megavattli;
– Ohangaron tumanida 1 ming megavattli;
– Bo‘kada 300 megavattli stansiyalar loyihalariga start berilishi, aytib o’tildi.
Bu loyihalarga 2 milliard dollardan ziyod to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar kiritilmoqda. Stansiyalar to‘liq quvvat bilan ishlay boshlagandan keyin yiliga 6 milliard kilovatt-soat kafolatlangan elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Ishlab chiqarilgan energiya vositasida qo‘shimcha 2 million aholi va 30 ming korxona ehtiyojini taʼminlashga yetadi.
Shuningdek, poytaxtda elektr energiyasi bilan barqaror taʼminlash uchun yangi podstansiyalar quriladi va mavjudlari yangilanadi. Qo‘shimcha yuqori kuchlanishli tarmoqlar qurilib, issiqlik markazlari rekonstruksiya qilinishi mo’ljallanyapti.