AQShdagi bank inqirozi fonida oltin qimmatlayapti

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
Nyu-York tovar-xom ashyo birjasida bir untsiya oltin narxi 2000 dollardan oshdi
Nyu-York tovar-xom ashyo birjasida bir untsiya oltin narxi 2000 dollardan oshdi. Bu 2022-yilning aprel oyidan beri birinchi marta kuzatilayotgan holatdir. Bu haqda “RBC” nashri o’z manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Nashrning tushuntirishicha, qimmatbaho metallar narxi 1,52 foizga ko’tarilgan.
Mutaxassislar oltin qiymatining oshishiga AQSh va Yevropa davlatlaridagi banklar inqirozi, shuningdek, moliyaviy kompaniyalar aksiyalarining qulashi sabab bo’layotganini aytishmoqda.
“Tarixan oltin moliyaviy inqirozlar paytidagi eng yaxshi mudofaa aktivi bo’lib xizmat qilgan. Bozorlarda notinchlik yuzaga kelishi bilan investorlar ko’pincha oltin sotib olishni boshlaydilar”, – deydi “BCS World of Investments” tahlilchilari.
Eslatib o’tamiz, bank sektoridagi inqiroz AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan “Silicon Valley bank”ning bankrot bo’lishidan boshlanib, hozirgacha davom etyapti.