Ko’p qutbli dunyo: Putin tashqi savdoda Xitoy yuanidan foydalanishga rozi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Yakshanba, Sen 24, 2023
Rossiya tashqi savdoda Xitoy yuanidan foydalanish tarafdori
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping Moskvada muzokara o‘tkazdi. Kommersant’ davlat rahbarlarining bayonotidan qisqacha iqtiboslar keltirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin:
– Muzokaralar muvaffaqiyatli va konstruktiv tarzda o‘tdi;
– Ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlar tarixdagi eng yuqori darajada;
– Xitoy tinchlik rejasining ko‘plab qoidalari Ukrainadagi kelishuv uchun asos sifatida olinishi mumkin. Ammo oldin G‘arb va Kiyev bunga tayyor bo‘lishi kerak;
– Kiyevga boyitilmagan uranli qurollarni yetkazib berish rejalari G‘arb Rossiyaga qarshi so‘nggi ukrainalik qolgunga qadar «so‘zda emas, amalda» kurashmoqchi ekanini anglatadi;
– Ko‘pgina xalqaro masalalarda Rossiya va Xitoyning pozitsiyalari yaqin yoki mos keladi;
– Mo‘g‘uliston bilan «Sila Sibiri 2» gaz quvuri bo‘yicha barcha kelishuvlarga erishildi;
– Rossiya Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasi mamlakatlari bilan hisob-kitoblarda Xitoy yuanidan foydalanish tarafdori;
– Rossiyadan Xitoyga suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish ko‘paytiriladi, Moskva neft yetkazib berishni uzluksiz oshirishga tayyor;
– Rossiya biznesi Xitoyning energiyaga bo‘lgan o‘sib borayotgan talabini qondirishga qodir;
– Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2022 yilda tarixiy rekord — 185 milliard dollarga yetdi;
– Rossiyadan Xitoyga go‘sht va don eksportini sezilarli darajada oshirish imkoniyatlari mavjud;
– Rossiya va Xitoy o‘rtasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari savdosi jadal sur’atlar bilan o‘sib bormoqda;
– Xitoy Uzoq Sharqning iqtisodiy rivojlanishida Rossiyaning yetakchi hamkoriga aylandi;
– Rossiya va Xitoy Shimoliy dengiz yo‘lini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma ishchi organ yaratishga tayyor;
– Rossiya ShHT doirasida sport uyushmasi tashkil etilishini qo‘llab-quvvatlaydi;
– Moskva va Pekin axborot texnologiyalari, tarmoq xavfsizligi va sun’iy intellekt sohasida jahon yetakchilariga aylanishi mumkin;
– Rossiya o‘z hududidan chiqib ketgan korxonalarni almashtirishda Xitoy biznesini qo‘llab-quvvatlashga tayyor;
– Rossiya anti-kovid cheklovlarini bekor qilinishi kontekstida Xitoy bilan talabalar almashinuvini bir necha marta oshirishga umid qilmoqda;
Xitoy rahbari Si Jinping:
– Putin bilan muzokaralar samimiy va do‘stona o‘tdi;
– Xitoy-Rossiya aloqalari hozirgi dunyo tizimi uchun juda muhimdir;
– Savdo hajmining o‘sishi Rossiya va Xitoyga ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishga turtki berdi;
– Xitoy BMT Nizomi tamoyillariga amal qilgan holda Ukraina inqirozi bo‘yicha xolis pozitsiyaga ega;
– Xitoy Ukrainadagi mojaroni hal qilish masalasida tinchlik va muloqot tarafdori;
– Xitoy va Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi sifatida xalqaro munosabatlarning asosiy me’yorlariga amal qilishda davom etadi;
– Xitoy va Rossiya ko‘p qutbli dunyoni shakllantirish uchun konstruktiv kuch yaratadi;
– Savdoda, jumladan, IT-sohasida, resurslar savdosida kompleks rejalashtirish yo‘lga qo‘yiladi.