Wildberries’ O‘zbekistonda maishiy texnika savdosini yo’lga qo’yadi

Wildberries’ riteyleri O’zbekistonda yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulotlarini sotmoqchi

Rossiyaning Wildberries’ riteyleri MDH mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekistonda oʻz savdo belgisi ostida maishiy texnika vositalarini sotishni boshlaydi, deb xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Muzlatgichlar, kir yuvish mashinalari, changyutgichlar, blenderlar, mikserlar, televizor va boshqa elektronika vositalari xaridorlarga taqdim etiladi.

“Bunday mahsulotlarning bahosi o’rtacha narx segmentida bo’ladi. Elektronikani sinovdan o‘tkazish va sotish allaqachon boshlangan. Ayni paytda ushbu mahsulotlarga talab kutilganidan ham ziyoda”, — deyiladi kompaniyaning bu haqdagi munosabatida.

Wildberries’ga ko’ra, mahsulotlar Belarus, Xitoy va Rossiya korxonalarida yig’iladi. Shuningdek, planshet, noutbuk, smartfon singari yuqori texnologiyaga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarilishi mo’ljallangan.

Birinchi bosqichda ushbu mahsulotlar savdosi Rossiyada, biroz keyinroq esa boshqa hamkor davlatlarda yo’lga qo’yilishi rejalashtirilmoqda. Marketpleys O‘zbekistonda o‘tgan yilning fevral oyidan o’z faoliyatini boshlagan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *