Qozog’istondan O’zbekistonga ko’mir eksporti 25,7 foizga oshdi

O’zbekistonning Qozog’istondan ko’mir importi qiymati 13,6 million dollarni tashkil etdi

Kapital.kz: “Yil davomida Qozog‘iston 946,5 million dollarlik toshko‘mir eksport qildi. O’tgan yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istondan 487,9 ming tonna ko‘mir import qilgan. Eksport qiymati 25,7 foizga oshib, 13,6 million dollarni tashkil etdi”.

RIA Novosti: “Bo‘sh vaqtda maroqli dam olish imkoniyatlari bilan uyg‘unlashgan xizmat safarlari bo’yicha eng mashhur yo‘nalishlar ma’lum bo‘ldi. So’nggi paytlarda, Belarus, Qozog‘iston va O‘zbekiston rossiyalik tadbirkorlar tashrif buyurayotgan va ayni damda hordiq chiqarayotgan yetakchi davlatlarga aylandi”.

TASS: “2023-yil oxirigacha Chelyabinskdan Oʻzbekistonga toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Oʻzbekiston Respublikasining Yekaterinburgdagi bosh konsuli Abdusalom Xatamov joriy yil oxiriga qadar Chelyabinsk va Oʻzbekiston shaharlaridan biri oʻrtasida to’g’ridan-to’g’ri reyslar amalga oshirilishini ma’lum qildi”.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *