Turkiya kompaniyasi “Xo’ja Nasriddin” multfilmi uchun 1 mln dollar ajratadi

O‘zbekiston va Qozog‘iston ishtirokidagi “Xo’ja Nasriddin” multfilmining budjeti qariyb 6,5 million dollarga baholanmoqda

Kinorejissyor Timur Bekmambetov asos solgan “Bazelevs” kinostudiyasi Sharq folklori qahramoni Xo‘ja Nasriddin haqidagi multfilm yaratish xarajatlari uchun Turkiyaning “Yeni Dusler Animation” kompaniyasidan 1 million dollar oladi, deb xabar bermoqda RBK nashri.

Multfilmni yaratishda O‘zbekiston Milliy kinoagentligi va “Qozoqfilm” kinostudiyasi ham ishtirok etmoqda. “Xo’ja Nasriddin”ning budjeti qariyb 6,5 million dollarga baholanmoqda.

“Yeni Dusler Animation” nafaqat loyihani moliyalashtiradi, balki Turkiyada tarqatish huquqini ham oladi. Bundan tashqari, kompaniya o’z vatanida animatorlar maktabini ochmoqchi.

Rossiya kinostudiyasi folklor qahramoni haqidagi loyihani media-franshizaga kengaytirishni rejalashtirmoqda. “Bazelevs” shuningdek, qahramon va uning eshagi haqida serial, komikslar va VR loyihasini ishlab chiqishni boshladi.

Ma’lumot o’rnida, multfilmni ishlab chiqarish jarayonlari allaqachon boshlangan bo’lib, uning premyerasi kelgusi yilga mo’ljallangan.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *