O’zbekistonda o’lchovli oltin quymalari va esdalik tangalar narxi ko’tarildi

O’zbekistonda o’lchovli oltin quymalari va esdalik tangalar narxi rekord darajaga yetdi

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda oltin quymalari narxi sotilishi boshlanganidan beri maksimal darajaga chiqdi.

23-mart holatiga ko‘ra, 5 grammlik qimmatbaho metall quymasi 3 mln 757 ming so‘mga baholanmoqda. Oltin quymalarining bir grammi esa 751,4 ming so‘mni tashkil etmoqda. Uzoq davom etgan barqarorlikdan so’ng, ushbu mahsulotlar 2 foizga qimmatlagan.

Shu paytgacha eng yuqori narx 2022-yilning mart oyida kuzatilgan bo’lib, o‘shanda 5 grammlik oltin quymasining bahosi 3,755 million so‘mgacha balandlagan edi. Biroq qimmatbaho metallar kotirovkalari noyabr oyi boshida juda past darajaga, ya’ni,16 foizga tushib ketdi.

Qish kelishi bilan oltinning qiymati keskin oshdi. Dekabr oyining dastlabki ikki kunida qimmatbaho metall taxminan 4,5 foizga qimmatladi. Misol uchun, 2 dekabrda 5 grammlik oltin quyma 3,232 mln so‘m o‘rniga 3,377 mln so‘mga sotilgan.

Esdalik tangalarning narxi ham avvalgi rekordlarni yangiladi. Masalan, 15 grammlik tanganing narxi 11 mln 378 ming so‘mga yetgan. Bu 2022-yil 14-apreldagi maksimal bahosidan 160 ming so‘mga oshdi, degani.

Oltinning ko’tarilayotgan ichki narxi AQSh va Yevropa mamlakatlaridagi bank inqirozi fonida jahon kotirovkalarining qimmatlashi bilan bog’liq. Xalqaro birjalarda o’tgan yilgi mart oyidan buyon birinchi marta qimmatbaho metalning bir untsiya narxi 2000 dollardan oshib ketdi.

Markaziy bank 2018-yilda esdalik oltin tangalarni, yana ikki yildan so’ng oltin quymalarini sotishni boshladi. Yakka tartibdagi xaridorlarga ma’lum shartlar asosidagina ularni O‘zbekiston hududidan tashqariga olib chiqishga ruxsat beriladi.

Bu qadamlar O‘zbekiston iqtisodiyotini xorijiy valyutalarga qaramligini kamaytirishga urinish bilan izohlandi . Bundan tashqari, ekspertlarning fikricha, oltin savdosi investitsiya imkoniyatlarini kengaytiradi hamda jamg‘armalar ta’minoti uchun yordam beradi .

2021-yil sentabr holatiga ko‘ra, (Ochiqlangan ma’lumotlarga binoan) o‘zbekistonliklar 5100 ta o’lchovli quyma oltin va 2500 dona tanga sotib olgan. Mahsulotlardagi oltinning umumiy miqdori 168,6 kg ni tashkil etmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *