Toshiba Corporation’ investorlar konsorsiumiga 15 milliard dollarga sotilyapti

Investorlar konsorsiumi Yaponiyaning mashhur Toshiba Corp.’ sanoat konglomeratini 15 milliard dollarga sotib olmoqchi

“Japan Industrial Partners” (JIP) xususiy kapital fondi boshchiligidagi investorlar konsorsiumi Yaponiyaning Toshiba Corp.’ sanoat konglomeratini 15 milliard dollarga sotib oladi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.

Agar bitim tartibga soluvchi organlar va aksiyadorlar tomonidan ma’qullansa, mashhur ishlab chiqaruvchi kompaniya butunlay xususiylashadi.

So’nggi yillarda Toshiba Corp.’ moliyaviy qiyinchiliklar tufayli o’zining ko’plab bo’linmalarini yopdi. Shu jumladan, noutbuklar va tibbiy asbob-uskunalar ishlab chiqarishni to’xatishga majbur bo’ldi.

Konglomerat 1938-yilda ikkita ko’hna yapon kompaniyalari “Shibaura Seisaku-sho” va “Tokio Denki”ning birlashishi orqali tahkil etilgan edi.

1978-yildan beri ishlab chiqaruvchi mashhur “Toshiba” brendi bilan faoliyat yurib kelmoqda. Avvalroq, korporatsiya “Tokyo Shibaura Electric KK” deb nomlangan.

Korporatsiyaning 2021-yilgi moliyaviy hisobotiga ko’ra, konglomeratning 52,9 foizlik ulushi xorijiy investorlarga, 25,8 foizi Yaponiya moliyaviy institutlariga, 16,9 foizi xususiy mulkdorlarga tegishli bo’lgan.

O’tgan yilning mart oyi oxirida kompaniya aksiyalarining asosiy egalari Yaponiyaning “The Master Trust” banki (11,6 foiz), “Suntera Limited” fondi (4,6 foiz), “Chinook Holdings Ltd.” holdingi (3,6 foiz) va boshqalar hisoblangan.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan