Rossiya sudi “Volkswagen” ishlab chiqaruvchisining mamlakatdagi barcha aktivlarini muzlatib qo’ydi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Четверг, Июн 8, 2023
“Volkswagen Group” hamkorlikni bekor qilgach, Rossiyaning “GAZ” kompaniyasi 15 milliard rubldan ortiq zarar ko’rgan
2022-yil avgust oyida “Volkswagen Group” Rossiyaning “GAZ” avtomobilsozlik kompaniyasi bilan hamkorlikni tugatganini ma’lum qildi. Shundan so’ng, “GAZ” kompaniyasi nemis ishlab chiqaruvchisini sudga berdi.
“Kommersant” gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, rus avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyasi hamkorlik o’z kuchini yo’qotganidan so’ng, 15,6 milliard rubl zarar ko’rgan.
Joriy yilning 17-mart kuni ishni ko‘rib chiqqan Rossiya sudi “Volkswagen”ning mamlakat hududidagi barcha aktivlarini muzlatib qo‘yishga qaror qildi.
G’arb davlatlarining Moskvaga qarshi sanksiyalaridan so’ng, “Volkswagen Group” ham Rossiyadagi faoliyatini to’xtatdi.
Bundan avval “GAZ” korxonasi o’zining Nijniy Novgoroddagi zavodida nemis kompaniyasi bilan hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarar edi.
Ayni paytda, “Volkswagen” Kaluga shahridagi yillik 225 ming dona avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega zavodini sotishga harakat qilmoqda. Ushbu zavod 2022-yilning mart oyidan beri ishlamayotgan edi.
Ma’lumot o’rnida, o‘tgan yili “Volkswagen” Rossiyada 42 mingga yaqin yengil va 1500 ta tijorat avtomobillarini sotishga muvaffaq bo’lgan.