Import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha cheklovlar vaqtinchalik bekor qilindi

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Среда, Июн 7, 2023
O’zbekistonga olib kiriladigan oziq-ovqat mahsulotlarining davlat tilida majburiy markalash tartibi vaqtinchalik to‘xtatildi
Oʻzbekiston Prezidentining narxlar barqarorligini taʼminlash toʻgʻrisidagi farmonidan kelib chiqib, import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarining oʻzbek tilida majburiy markalanishi 2024-yil 1-yanvarga qadar “muzlatilgan”. Avvalgi belgilangan muddat shu yil boshida tugagan edi.
Shuningdek, farmonda davlat buyurtmachilari tomonidan import qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish bo‘yicha cheklovlar ham 2024-yil boshigacha to‘xtatib turilishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda dori vositalari va maishiy texnika buyumlarini markalash allaqachon yo’lga qo’yilgan edi. O‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab mamlakatimizda qadoqlangan dori vositalari va tibbiy mahsulotlarni markalash boshlangan.
Hozirda majburiy markalash suv isitish qozonlari, konditsionerlar, blenderlar, lampalar va boshqa shu turdagi maishiy texnika vositalariga tadbiq etilyapti.