Tovar-xom ashyo birjasining tashqi savdo operatsiyalari hajmi 13 foizga o’sdi

O’zbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasida 134,4 million dollarlik bitimlar tuzilgan

Joriy yil boshidan hisoblanganda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (O‘zRTXB)da tashqi savdo operatsiyalari hajmi 134,4 million dollarni tashkil etdi. 2022-yilga nisbatan birjaning tashqi savdo operatsiyalari hajmi 13 foizga ortgan.

Birja orqali xarid qilingan tovarlarning asosiy qismi, ya’ni, 77 foizini oziq-ovqat mahsulotlari va mineral o‘g‘itlar egalladi. Shuningdek, O‘zRTXB orqali rangli metallar, neft mahsulotlari va qurilish materiallari xorijga eksport qilindi.

Bu davrda Respublika birjasi Belarus va Qozog‘istonda o‘z vakolatxonalarini hamda to‘rtta brokerlik idoralarini ochdi. 500 ga yaqin norezident mijozlarni akkreditatsiyadan o’tkazdi.

Avvalroq, yanvar-fevral oylarida tovar-xom ashyo birjasi portalida yuk tashish xizmatlari aylanmasi 2 milliard so‘mdan oshgani haqida xabar bergan edik.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *