Dunyo miqyosida qimmatbaho smartfonlarga talab oshmoqda

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Суббота, Июн 3, 2023
Global inqiroz davrida “iPhone” smartfonlari “Samsung”ga qaraganda ko’proq sotilyapti
2022-yilda global smartfonlar savdosi 12 foizga kamaydi, biroq global iqtisodiy inflyatsiyaga qaramay, “premium” qurilmalar bir yil avvalgiga qaraganda ko‘proq sotilgan. Qimmatbaho smartfonlarni sotishdan tushgan daromad birinchi marta arzon mahsulotlar segmentidagi telefonlar savdosi qiymatidan oshib ketdi.
Kuzatuvchilar buni rivojlanayotgan mamlakatlar aholisining qimmatbaho mahsulotlar xaridorlari safiga qo’shilayotgani bilan izohlashmoqda.
Ayniqsa, “Apple” mahsulotlari yuqori sifatli smartfonlar bozorining 75 foizini egallab, dunyo bozorida ko’rilayotgan foyda miqdori bo’yicha katta ulushga ega bo’lib turibdi. O‘tgan yili “Samsung” telefonlari xaridi kutilganidek bo’lmadi – smartfonlar savdosi 5 foizga kamaydi. “Honor” smartfonlari past bazadan foyda ko’rdi va Magic’ seriyasi bilan Xitoyda yaxshigina daromad ko’rdi. Google’ o’zining yuqori sifatli smartfonlari “Pixel 6 Pro” va “Pixel 7 Pro” bilan yetakchi ishlab chiqaruvchilar qatoridan joy oldi.