Fevral oyida iste’molchilarga 70,8 mlrd so‘m keshbek to’lab berilgan

Soliq mobil ilovasi orqali qaytarilgan keshbeklar 980 mlrd so’mdan oshgan

Davlat soliq qo‘mitasining maʼlumot berishicha, ayni paytda 1,4 mln nafarga yaqin isteʼmolchiga 70,8 mlrd so‘m to‘lab berilgan.

Shuningdek, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida o‘tgan oylar uchun yana 9,4 mlrd so‘m keshbek tasdiqlandi.

Soliq mobil ilovasi orqali berilgan jami keshbeklar 980 mlrd so‘mdan oshgan.

Taʼkidlanishicha, tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi va soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda to‘lab boriladi.

Maʼlumot uchun, o‘tgan oyda 2,1 mln nafardan ortiq isteʼmolchilar tomonidan 106,6 mlrd so‘m keshbek yig‘ilgan. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan 80 mlrd so‘mga ko‘p.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *