O‘zbekistonda ishbilarmonlik faolligi indeksi 2,7 foizga oshgan

News media
Dolzarb:
Tashkent, Uzbekistan
Dushanba, Okt 2, 2023
Surxondaryo viloyatida ishbilarmonlik faolligidagi eng yuqori o’sish qayd etilgan
Ishbilarmonlik faolligi indeksi 2023-yil fevral oyida 1027 birlikni tashkil etib, yanvar oyiga nisbatan 2,7 foizga oshgan.
O’tgan yilning mos davriga nisbatan ishbilarmonlik faolligi indeksida 4 foizlik o‘sish qayd etildi.
O’sish ko’rsatkichi quyidagi komponentlar darajasidagi o‘zgarishlarga bog‘liq:
– Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi operatsiyalar soni 12,3 foizga oshgan;
– Faoliyat ko‘rsatayotgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar bo‘yicha komponent 11,7 foizga kamaygan;
– Tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 4,7 foizga oshgan;
– Tovar belgilari bo‘yicha komponent 30,6 foizga kamaygan.
Hududlar kesimi bo’yicha Surxondaryo viloyatida eng yuqori o‘sish sur’ati qayd etilgan.
Fevral oyida 11 ta hududning ishbilarmonlik faolligi indeksida o‘tgan oyga (yanvar) nisbatan o‘sish kuzatilgan. Surxondaryo (47,1 foiz), Buxoro (44,9 foiz), Qashqadaryo (26,3 foiz), Jizzax (25,1 foiz), Navoiy (18,8 foiz) va Namangan (15,9 foiz) viloyatlarida sezilarli darajada o’sishga erishilgan.
Shu bilan birga, ushbu ko‘rsatkich 3 ta hudud – Qoraqalpog‘iston(- 8,1 foiz), Toshkent (- 1,7 foiz) va Sirdaryo (- 0,9 foiz) viloyatlarida o‘tgan oyga nisbatan kamaygan.