Italiyaning OVS brendi Toshkentda do‘kon ochyapti

Tashkent City Mall’da Italiyaning OVS brendi ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlarini sotuvga chiqaradi

OVS (sobiq “Oviesse”) 1972-yilda tashkil etilgan. Kompaniya Yevropa va Osiyoning 35 ta davlatida savdo nuqtalariga ega. Zamonaviy Italiyada OVS kiyim bozorining qariyb 5 foizini egallaydi.

2020-yil oxirida kompaniyaning sof daromadi 1,02 milliard yevroni tashkil qildi. Brend ayollar, erkaklar va bolalar kiyimlari, shuningdek, poyabzal va aksessuarlarni sotishga ixtisoslashgan.

Eslatib o‘tamiz, Tashkent City Mall’da Rossiyaning “12Storeez” riteyleri, Turkiyaning “Hamdizade” kafelari va “Subway” fastfud restoranlari o‘z shoxobchalarini ochmoqda.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *