“Rotshildlar” O’zbekiston moliyaviy sektoridagi xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etmoqda

“Rotshildlar” “O‘zbekneftgaz”ni ehtimoliy xususiylashtirishga tayyorlashadi

“Rothschild & Co” kompaniyasining boshqaruvchi direktori Baronessa Ariel Mollard de Rotshild boshchiligidagi delegatsiya muzokaralar oʻtkazish maqsadida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda Strategik islohotlar agentligi matbuot xizmati.

Agentlik rahbari Shuhrat Vafayev bilan uchrashuvda tomonlar hamkorlik istiqbollari va xususiylashtirish dasturlarini amalga oshirishda kompaniya tajribasidan foydalanish masalalarini muhokama qildilar.

Ayni paytda “SanoatQurilishBank” ATB ni xususiylashtirishga tayyorlash masalalari boʻyicha moliyaviy konsultantni jalb qilishga doir ishlar olib borilmoqda. Moliyaviy konsultantning majburiyatlariga xususiylashtirish jarayoni boʻyicha tavsiyalar tayyorlash, ommaviy sotuvlar va roud-shoular oʻtkazish, investorlarni, shuningdek bitimlar qiymatining taxminiy doiralarini belgilash hamda investorlar bilan oʻzaro munosabatlarni tashkil etish kiradi.

Rotshildlar o‘tgan yili “Coca-Cola Uzbekistan” kompaniyasining xususiylashtirilishida ishtirok etgan edi.

Endi ular “O‘zbekneftgaz”ni ehtimoliy xususiylashtirishga tayyorlashadi. Shuningdek, “O‘ztransgaz” ham o‘z tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun qo’shimcha mablag‘ qidirmoqda.

“Biz oʻtgan yili yakunlangan “Coca-Cola” kompaniyasining xususiylashtirish jarayonlarida qatnashganmiz. Endilikda, “Uzbekneftegaz” AJni xususiylashtirishga tayyorlash, shuningdek “Uztransgaz” AJ tarmoqlarini modernizatsiya qilish uchun mablag’ jalb qilish bilan shugʻullanmoqdamiz”, – deydi kompaniya boshqaruvchi direktori.

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *